Nepalda Moliya vaziri ko‘chada namoyishchilar tomonidan kaltaklandi

2 daqiqa o'qish3K
Nepalda Moliya vaziri ko‘chada namoyishchilar tomonidan kaltaklandi

Nepalda siyosiy beqarorlik yanada kuchaydi. 9 sentyabr kuni mamlakat Moliya vaziri Bishnu Prasad Paudel ommaviy namoyishchilar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda NDTV nashri ma’lum qildi. Internetda tarqalgan videolarda 65 yoshli vazirning Katmandu ko‘chalarida qochib ketayotgani, uning ortidan esa yuzlab g‘azablangan odamlar quvib kelayotgani aniq ko‘rinadi. Bir yosh namoyishchi vazirni tepib yuborgani sababli u muvozanatini yo‘qotib, devorga urilgan holda yerga yiqilgan.

“Khabarhub” nashrining qayd etishicha, vazirdan tashqari sobiq bosh vazir va Kongress partiyasi rahbari Sher Bahodur Deuba hamda uning turmush o‘rtog‘iga ham hujum qilingan. Shu bilan birga, namoyishchilar Prezident qarorgohi hududigacha kirib borgani ma’lum qilindi. Bu voqealar mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy tanglikning yanada ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Oxirgi ikki kun ichida Katmanduda ommaviy norozilik to‘lqini avj oldi. Buning sababi sifatida hukumatning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatini cheklashi ko‘rsatilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 4 sentyabrdan WhatsApp, Facebook va Instagram kabi servislar Nepalda vaqtincha bloklandi. Rasmiylarga ko‘ra, ular Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligida majburiy ro‘yxatdan o‘tmagan. Biroq aholi buni senzura deb baholab, hukumatdan oshkoralik va erkinlik talab qilmoqda.

“The Himalayan Times” nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, namoyishlarda 500 nafardan ortiq kishi turli darajada jarohat olgan. Shahardagi vaziyatni nazorat qilish uchun hokimiyat parlament atrofida va markaziy maydonlarda komendantlik soati joriy etdi. Ammo bu choralar ham xalqning g‘azabini bosishga yordam bermadi.

Keng ko‘lamli norozilik to‘lqini va tarqalgan zo‘ravonlikka javoban hukumat tarkibidagi to‘rt vazir — Ichki ishlar, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash hamda Suv ta’minoti vazirlari lavozimlaridan ketishga majbur bo‘ldi. Shu bilan Nepal hukumati ichidagi siyosiy inqiroz yanada chuqurlashdi.

Premyer-ministr Sharma Oli mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da partiyalararo yig‘ilish chaqirilishini ma’lum qildi. Biroq vaziyat yanada taranglashib, Katmandu markazida yangi to‘qnashuvlar sodir bo‘lgach, Prezident Ramchandra Paudel bosh vazirni iste’foga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Nepaldagi bu voqealar mamlakat siyosiy tizimida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Xalqning qo‘zg‘olonga aylangan noroziligi hukumatni qattiq sinov oldiga qo‘ydi. Endi e’tibor butunlay yangilanadigan siyosiy jarayonlarga qaratilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?