AQSH Mudofaa ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) inson qon tanachalariga yangi hayot beruvchi Smart-Red Blood Cells (Smart-RBC) dasturini e’lon qildi. Bu loyiha sintetik biologiya sohasidagi ilg‘or texnologiyalar orqali modifikatsiyalangan qizil qon hujayralarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Defence Blog ma’lumotiga ko‘ra, Smart-RBC dasturining asosiy maqsadi – fiziologik signallarni aniqlay oladigan, tez va samarali qaror qabul qiladigan hamda ularga oqibatli javob beradigan biologik sxemalarga ega “aqlli” qon hujayralarini yaratishdir. Bu turdagi hujayralar og‘ir va xavfli sharoitlarda tana hayotiy funksiyalarini saqlashga, qonning hamonligini ta’minlashga va jarohat yoki stress paytida odamning omon qolish imkoniyatlarini kuchaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.
DARPA ma’lumotlariga ko‘ra, Smart-RBC hujayralari uchta asosiy vazifani bajaradi: biomarkerlarni to‘g‘ri aniqlash, ma’lumot asosida tez va oqilona qaror qabul qilish, shuningdek metabolik va fiziologik holatlarga ta’sir qiluvchi muhim molekulalarni ishlab chiqarish. Dastlabki tadqiqotlar jismoniy barqarorlikni saqlash va qonning qotib qolish jarayonini (gemostaz) kuchaytirishga qaratilgan. Kelajakda esa Smart-RBC termoregulyatsiya, universal qon mosligi va yuqori balandliklarda ham samarali faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha 36 oylik muddatga mo‘ljallangan va ikki 18 oylik bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda tadqiqotchilar ildiz hujayralarining differensiatsiya jarayonida sintetik sxemalarni integratsiya qilish va ularning yetuk qizil qon hujayralarida funksionalligini saqlab qolish maqsadga muvofiqligini isbotlashi kerak. Ikkinchi bosqichda tizimlarni takomillashtirish, ularning samaradorligini sinab ko‘rish va real sharoitlarda namoyish qilish ko‘zda tutilgan.
Hozirda Smart-RBC loyihasi amalga oshirishning dastlabki bosqichida bo‘lib, u organizmning omon qolish, chidamlilik va qiyin hamda xavfli muhitlarga moslashish qobiliyatini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan. Shu orqali Pentagon sintetik biologiya sohasidagi ilg‘or va strategik tadqiqotlarga katta mablag‘ sarflayotganini ham namoyish qilmoqda.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!