
China Eastern Airlines aviakompaniyasi tarixiy qadam tashlab, Shanxay (Xitoy)dan Buenos-Ayres (Argentina)ga dunyodagi eng uzoq masofali tijorat aviaqatnovini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yo‘lovchilarni olib o‘tadigan parvozlarni 316 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy Boeing 777-300ER samolyotlari bajaradi.
South China Morning Post nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ilk reys 4 dekabr kuni amalga oshiriladi. Samolyot umumiy hisobda 20 ming kilometr masofani bosib o‘tadi. Yo‘l o‘rtasida faqatgina Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ikki soatlik tranzit to‘xtashi belgilangan.
Mazkur yo‘nalish Oklendni Osiyo va Janubiy Amerika o‘rtasidagi muhim transport ko‘prigi sifatida yanada strategik ahamiyatli nuqtaga aylantirishi kutilmoqda.
Parvoz davomiyligi ham diqqatga sazovor: Shanxaydan Buenos-Ayresga yo‘l 25,5 soatni tashkil etsa, aks yo‘nalish — Buenos-Ayresdan Shanxayga qaytish 29 soatga cho‘ziladi. Buning sababi esa qaytilgandagi shamollar yo‘nalishi bilan bog‘liq.
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta yo‘lga qo‘yiladi. Chiptalar narxi iqtisodiy klass uchun 1 500 yevrodan boshlansa, biznes-klass uchun 4 200 yevro va undan yuqori bo‘lishi ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!