Janubiy Koreyada 30 yillik taqiqdan keyin tatuirovka rasman ruxsat etildi

1 daqiqa o'qish3.1K
Janubiy Koreyada 30 yillik taqiqdan keyin tatuirovka rasman ruxsat etildi

Janubiy Koreya qonunchilik maydonida muhim qaror qabul qildi. Mamlakat parlamenti 30 yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelgan tatuirovka sohasiga oid taqiqni rasman bekor qildi. Endi tatuirovka ustalari tibbiy ma’lumotga ega bo‘lish talabisiz, maxsus litsenziya asosida qonuniy faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1992 yilda Koreya Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq, tatuirovka faqat shifokorlar tomonidan bajarilishi mumkin edi. Bu esa san’at sohasida faoliyat yuritgan minglab rassomlar uchun jiddiy to‘siqka aylanib, ularni yillar davomida qonuniy maydondan chetda qoldirgan.

Qabul qilingan yangi “Tatuirovka rassomlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ustalar endi maxsus litsenziya olish huquqiga ega bo‘ladi. Biroq qonun to‘liq kuchga kirishi uchun ikki yillik o‘tish davri belgilangan. Shu muddat mobaynida tatuirovka ustalari milliy imtihondan o‘tishi, xavfsizlik va gigiyena bo‘yicha majburiy kurslarni yakunlashi hamda o‘z faoliyati jarayonida barcha jarayonlarni rasmiy hujjatlar bilan yuritishi shart bo‘ladi.

Shu bilan birga, tatuirovkani lazer orqali olib tashlash huquqi faqat tibbiy mutaxassislarga beriladi. Bu talab inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavflarni minimallashtirish uchun saqlanib qoldi.

Parlamentning bu qarori Janubiy Koreyadagi tatuirovka ustalarining uzoq yillik kurashi va talablari natijasi sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, endi mamlakatda tatuirovka san’atiga rasmiy e’tirof berilishi, uning rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu qadam ko‘p yillar davomida soya ostida ishlagan minglab ustalarning huquqiy maqomini mustahkamlaydi.

Shu tariqa, Janubiy Koreyaning yangi qarori nafaqat ijodkorlar, balki yoshlar orasida tobora ommalashib borayotgan tatuirovka madaniyati uchun ham muhim burilish nuqtasi sifatida qabul qilinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?