Yaponiya hukumati Xitoyni Sharqiy Xitoy dengizi hududida, Amami orollari yaqinidagi eksklyuziv iqtisodiy zonada qonunga zid tadqiqot ishlarini olib borganlikda ayblab, unga rasmiy norozilik bildirdi.
Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning ta’kidiga ko‘ra, diplomatik yo‘llar orqali Pekinga qattiq afsus va keskin e’tiroz bildirilgan hamda mazkur faoliyatni zudlik bilan to‘xtatish talab qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 va 30 sentyabr kunlari Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Amami orollari yaqinida suv ostiga trubaga o‘xshash jihoz tushirgan Xitoyning okeanografik kemasini aniqlagan. Shundan so‘ng yapon patrul kemalari ovoz kuchaytirgich orqali ushbu kema EIZni tark etishini talab qilgan.
Yaponiya hukumati bu holatni milliy xavfsizlik va qonunbuzarlik sifatida baholab, Xitoydan bunday harakatlarni takrorlamaslikni talab qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!