date

Farrosh Ogunmode: Britaniyadagi yashirin ish haqidagi achinarli voqea...

Farrosh Ogunmode: Britaniyadagi yashirin ish haqidagi achinarli voqea...

Farrosh Mulikat Ogunmode 16-yil davomida kunduzi Deutsche Bank’da, kechasi esa parlamentda yashirincha ishlagani ma’lum bo‘lgach, Britaniya parlamentidan haydaldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2008-yildan 2024-yilgacha Ogunmode smenalar orasidagi minimal 11 soatlik dam olish to‘g‘risidagi qonunni buzgan. U ish kunlari ikkita ishda smenalarni birlashtirgan. Parlamentda bu fakt oshkor bo‘lgan va ayol ish vaqtini cheklash to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani uchun ishdan bo‘shatilgan.

Ogunmode o‘zini yaxshi his qilayotganini va dam olish kunlari hordiq chiqarayotganini aytdi, biroq uning shartnomasi baribir bekor qilindi. U ish beruvchini adolatsiz ishdan bo‘shatishda va ish haqidan noqonuniy ushlab qolishda ayblab, sudga murojaat qildi, ammo sudya uning barcha da’volarini rad etib, ishdan bo‘shatishni asosli deb atadi.

Sudya uning xatti-harakatlari qonunga zid ekanini, sog‘lig‘i, xavfsizligi va jamiyat manfaatlariga xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, uni ikkinchi ishi haqida to‘g‘ri ma’lumot bermaganlikda aybladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Farrosh Ogunmode: Britaniyadagi yashirin ish haqidagi achinarli voqea...