Kuman Marokash oldidan futbolchilarini jiddiy ogohlantirdi

1 daqiqa o'qish196
Kuman Marokash oldidan futbolchilarini jiddiy ogohlantirdi

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jahon chempionati guruh bosqichida Tunis ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Niderlandiya uchrashuvni juda ishonchli boshlab, dastlabki yetti daqiqa ichida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Biroq Kuman jamoasining keyingi harakatlaridan to‘liq qoniqmaganini yashirmadi.

«Biz guruhda birinchi o‘rinni egalladik va bu natijadan mamnunman. Ammo o‘yin davomida jamoaning biroz sust harakat qilgani menga yoqmadi. Balki, yetti daqiqa ichida 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimiz futbolchilarga ta’sir qilgandir», — dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Kuman pley-offda bunday xotirjamlik jamoaga qimmatga tushishi mumkinligini ta’kidladi. Ayniqsa, keyingi raqib Marokashning kuchli hujum chizig‘iga ega ekaniga alohida urg‘u berdi.

«Bunday munosabat Marokashga qarshi uchrashuvda katta muammoga aylanishi mumkin. Ular juda yaxshi hujum chizig‘iga ega jamoa», — deya Kumanning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya guruh bosqichida 7 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Endi Kuman shogirdlari pley-off bosqichida Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?