23:40 / 27.12.2016
6 750

Istanbulda Gulen tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi

Istanbulda Gulen tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi

Istanbulda Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatida ayblanayotgan Fathulloh Gulenning terrorchi tashkiloti (FETÖ) tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi. Bu haqida Kun.uz nashri xabar berdi.

Sudlanuvchilarning 29 nafari polisiya xodimi bo‘lib, ularning 25 nafari hibsga olingan. Harbiy to‘ntaruv harakati sodir etilgan kun sudlanuvchilar davlat rahbarining Istanbuldagi Tarabya tumanida joylashgan "Xuber" qarorgohini himoya bilan ta’minlash buyrug‘iga itoat qilishdan bosh tortishgan.

Polisiyachilar shuningdek mamlakat konstitusion tizimini o‘zgartirishga urinishda ayblanmoqda.

Istanbul prokuraturasi tomonidan tayyorlangan 59 sahifali hujjatga ko‘ra, sudlanuvchilar davlat rahbari himoyasi uchun qarorgohga yo‘l olish buyrug‘iga itoat etmaslik bilan birga o‘z xizmatdoshlarini ham ulardan o‘rnak olib, to‘ntaruv harakatiga qarshi chiqmaslikka chorlashgan.

Prokuratura 21 nafar polisiyachiga uch umrboqiy qamoq jazosi, 8 nafariga esa - 15 yillik qamoq jazosini talab qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda Gulen tarafdorlari ishi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi