Kelasi olti oyda 16 mamlakatni ocharchilik xavfi kutmoqda — BMT

Dunyo2 daqiqa o'qish7
Kelasi olti oyda 16 mamlakatni ocharchilik xavfi kutmoqda — BMT

BMTning oziq-ovqat agentliklari dunyodagi oziq-ovqat inqirozi yanada chuqurlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Urushlar, yoqilg‘i narxining keskin oshishi va gumanitar yordam hajmining qisqarishi millionlab odamlarni og‘ir ahvolga solmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisobotiga ko‘ra, yaqin olti oy ichida 16 ta mamlakatda ocharchilik yanada kuchayishi mumkin. 2025 yil dekabridan 2026 yil mayigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan hisobotda Sudan, Yaman, Janubiy Sudan, Somali va Nigeriya shimoli eng yuqori xavf guruhiga kiritilgan.

Ushbu beshta davlat 2022 yildan beri muntazam ravishda eng xavfli hududlar ro‘yxatida qolib kelmoqda. 2025 yil oktyabr oyida G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan so‘ng Falastin hududlari xavf darajasi bo‘yicha bir pog‘ona pastga tushirildi. Biroq G‘azo aholisining 67 foizi hanuz og‘ir ocharchilik sharoitida yashamoqda. Mutaxassislar ijobiy o‘zgarishlar hali juda zaif ekanini ta’kidlamoqda.

Sudanda urush va qurg‘oqchilik vaziyatni og‘irlashtirmoqda

Sudanda urush va Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli yoqilg‘i narxining oshishi oqibatida bir yil ichida oq jo‘xori va dizel yonilg‘isi ikki baravardan ko‘proqqa qimmatlashdi.

Hozirda mamlakat aholisining 41 foizi, ya’ni qariyb 19,5 million kishi o‘tkir oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Shimoliy Darfur va Janubiy Kordofanning 13 ta hududida ocharchilik xavfi saqlanib turibdi. Qochoqlar lagerlarida esa to‘yib ovqatlanmaslik darajasi eng kritik nuqtadan oshib ketgan.

Vaziyatni El Nino hodisasi bilan bog‘liq qurg‘oqchilik ham og‘irlashtirmoqda. Bu Tinch okeani suvlarining tabiiy isishi natijasida yuzaga keladigan ob-havo o‘zgarishidir. Qurg‘oqchilik Sennardagi ekin maydonlarining 55 foiziga, Gedarefda esa 70 foiziga zarar yetkazgan.

Yamanda siyosiy to‘siqlar va dengiz yo‘llaridagi xavf

2014 yildan beri urush davom etayotgan Yamanda iyul oyida janglar qayta avj olganidan so‘ng 300 mingdan ortiq kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Hukumat nazoratidagi hududlarda 1,8 million kishi favqulodda ocharchilik yoqasida turibdi. Umuman, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi — 18,3 million kishi og‘ir inqiroz holatida.

FAO bosh direktori o‘rinbosari Bet Behdolning ta’kidlashicha, muhtojlarga yordam yetkazishdagi asosiy to‘siq geografik emas, balki siyosiy xarakterga ega. Husiylar hanuz BMTning 73 nafar xodimini hibsda ushlab turibdi.

Bundan tashqari, oziq-ovqat va yoqilg‘i importiga qaram bo‘lgan Yaman uchun Qizil dengiz, Hormuz bo‘g‘ozi va Qora dengizda kemalar qatnovining izdan chiqishi ham jiddiy tahdid solmoqda.

Gumanitar yordam hajmi sezilarli darajada qisqargan

Asosiy donor davlatlar mablag‘ ajratishni kamaytirgani sababli 2022–2025 yillarda eng xavf ostidagi beshta davlatga beriladigan oziq-ovqat yordami 62 foizga, Yamanga ajratiladigan ko‘mak esa 79 foizga qisqargan.

Mutaxassislar fermerlarga urug‘lik va chorva mollarini asrab qolish uchun zarur mablag‘larni falokat yuz bergandan keyin emas, balki ekish va hosil yig‘ish mavsumida o‘z vaqtida yetkazish muhimligini ta’kidlamoqda.

«O‘sha fursat boy berilsa, uni qaytarib bo‘lmaydi. Aks holda, biz oldini olish o‘rniga faqat yo‘qotish va talafotlarni moliyalashtiramiz», — dedi Bet Behdol.

Mutaxassislar fikricha, ocharchilikning yanada kuchayishini oldini olish uchun gumanitar yordamni o‘z vaqtida yetkazish va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash zarur.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?