Xitoyda sun’iy intellektli robot-itlar politsiya safida xizmat boshladi

1 daqiqa o'qish208
Xitoyda sun’iy intellektli robot-itlar politsiya safida xizmat boshladi

Xitoyda qo‘llanilayotgan texnologiyalar yana bir qadam oldinga siljidi — endi politsiya xizmatida sun’iy intellektli robot-itlar ham xizmat qila boshladi. Global Times nashrining yozishicha, Xanchjou shahridagi ko‘chalarda maxsus patrul vazifasini bajaruvchi intellektual robotlar sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu qurilmalar oy oxirigacha to‘liq politsiya tarkibiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Ular yuqori aniqlikdagi kameralar, harakat sensorlari va sun’iy intellekt tizimi bilan jihozlangan. Shuning hisobiga robotlar atrofdagi muhitni mustaqil tahlil qilib, real vaqtda qaror qabul qila oladi.

Robot-itlar asosan yo‘l qoidalarini buzgan holatlarni, ayniqsa taqiqlangan joylarda to‘xtagan avtomobillarni aniqlash, jamoat tartibini kuzatish va xavfsizlikni ta’minlashda foydalaniladi. Politsiya xodimlariga yordamchi sifatida ular kunduzi ham, kechasi ham patrul vazifasini bajarishi mumkin.

Mutahassislar fikricha, bunday loyihalar Xitoyda xavfsizlik tizimini raqamlashtirish va avtomatlashtirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi. Ayrim ekspertlar robot-itlar insonni butunlay almashtira olmaydi, lekin xavfli hududlarda yoki favqulodda holatlarda ular juda samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Bu tajriba Xanchjouda muvaffaqiyatli o‘tsa, loyiha boshqa shaharlarda ham joriy etilishi kutilmoqda. Xitoy hukumati bu orqali xavfsizlikni yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?