Bugun Parijning mashhur Luvr muzeyida jiddiy o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Napoleon va imperator Jozefinaga tegishli qimmatbaho taqinchoqlar kolleksiyasidan to‘qqizta buyum yo‘qolgan.
Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida hodisa haqida shunday yozdi:
“Bugun ertalab, Luvr ochilishi paytida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Hodisada jabrlanuvchilar yo‘q. Hozir men muzey xodimlari va politsiya bilan voqea joyidaman”.
Luvr ma’muriyati 19 oktyabrda muzey “favqulodda holat” sababli vaqtinchalik yopilganini rasman ma’lum qildi. Le Parisien nashrining yozishicha, o‘g‘rilar ta’mirlash ishlaridan foydalanib, yuk lifti orqali binoga kirishgan. Keyin ular oyna va eshiklarni sindirib, Appolon galereyasiga yetib borishgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa juda tez — atigi yetti daqiqa ichida amalga oshirilgan. O‘g‘rilar tog‘ora, marjon, jig‘a va tiarani o‘z ichiga olgan to‘qqizta qimmatbaho buyumni olib qochishgan.
Ayni paytda muzey mutaxassislari inventarizatsiya jarayonida bo‘lib, yo‘qolgan buyumlarning aniq ro‘yxatini tuzishmoqda. Politsiya esa Parij tarixidagi eng sirli madaniy o‘g‘irliklardan biri bo‘yicha surishtiruvni boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!