Pavel Durov Luvrdan o‘g‘irlangan taqinchoqlarni qayta sotib olishni taklif qildi

1 daqiqa o'qish261
Pavel Durov Luvrdan o‘g‘irlangan taqinchoqlarni qayta sotib olishni taklif qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov yaqinda Luvr muzeyida sodir bo‘lgan o‘g‘irlikdan so‘ng Fransiya hukumatini qattiq tanqid qildi va o‘g‘irlangan taqinchoqlarni shaxsan o‘zi sotib olib, muzeyga qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi.

U o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida Fransiya rahbariyatini “haqiqiy tahdidlar bilan kurashish o‘rniga soxta tahdidlar ortidan quvishda” aybladi.

“Luvrning talon-toroj qilinishi meni hayratga solmadi. Bu bir vaqtlar buyuk bo‘lgan mamlakatning tanazzulining navbatdagi alamli belgisidir”, — deb yozdi Durov.

Oradan ko‘p o‘tmay, u yana bir izoh qoldirib, “o‘g‘irlangan taqinchoqlarni bajonidil sotib olib, ularni Abu-Dabi Luvriga qaytarishga tayyorman. Abu-Dabidagi Luvrdan hech kim o‘g‘irlamaydi”, deya qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov o‘tgan yili Fransiyada hibsga olinib, keyin ozod etilgan edi. U o‘zining so‘nggi bayonotida bu voqea Fransiyaning erkin davlat sifatidagi obro‘siga putur yetkazganini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?