Rossiyada Telegram va WhatsApp faoliyati cheklanishi mumkin

1 daqiqa o'qish222
Rossiyada Telegram va WhatsApp faoliyati cheklanishi mumkin

Rossiyada ikki ommabop messenjer — Telegram va WhatsApp ishi qisman cheklanishi mumkin. Bu haqda Roskomnadzorning ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Idoraga ko‘ra, mazkur platformalar firibgarlik, tovlamachilik va terrorchilik faoliyatiga yordam berish vositasiga aylanib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolardan kelgan ko‘plab shikoyatlar asosida tekshiruv boshlangan.

“Messenjer egalari jinoyatlarga qarshi kurash choralarini ko‘rish haqidagi talablarni e’tiborsiz qoldirgani uchun ularning faoliyatiga nisbatan qisman cheklovlar joriy etilayotgani haqida qaror qabul qilindi”, — deyiladi idora bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 oktyabr kuni Rossiyaning janubiy hududlarida — Krasnodar, Rostov, Astraxan va Stavropol o‘lkalarida Telegram va WhatsApp ishida uzilishlar kuzatilgan.

Hozirda WhatsApp mamlakatda eng ko‘p foydalaniladigan mobil ilova hisoblanadi — uning auditoriyasi 96 milliondan ortiq. Telegram esa 89 million foydalanuvchi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumoticha, so‘nggi yarim yil ichida aynan shu ikki messenjer orqali 140 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan. Shuningdek, idora ularni “chegara ortidan fuqarolarni yollash vositasi” sifatida ham ta’riflagan.

Ekspertlar fikricha, agar cheklovlar amalga oshirilsa, bu Rossiyadagi raqamli muloqot sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?