Yangi tayfun yaqinlashmoqda: Vyetnam yana xavf ostida

1 daqiqa o'qish1.4K
Yangi tayfun yaqinlashmoqda: Vyetnam yana xavf ostida

Vyetnamda oxirgi kunlarda yog‘gan kuchli yomg‘irlar va ko‘chkilar ortidan vaziyat keskinlashdi, deb xabar berdi The Independent.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli toshqinlar natijasida kamida 37 kishi halok bo‘lgan. Hokimiyat haftaning oxirida yana bir kuchli tayfunning yaqinlashayotganini ma’lum qildi.

Oktyabr oxiridan beri yog‘gan rekord darajadagi yomg‘irlar ko‘plab hududlarni vayron qilgan. Qishloqlar suv ostida qolgan, uylar qulab tushgan, o‘n minglab odamlar boshpanasiz qolgan. Danang shahri va qator viloyatlar elektr hamda aloqa tarmoqlaridan uzilgan.

Vyetnam Milliy gidrometeorologik markazi ma’lum qilishicha, 5 noyabrga kelib shamol tezligi soatiga 166 kilometrgacha yetishi mumkin. Yangi bo‘ron Filippin orollaridan o‘tib, Janubiy Xitoy dengiziga kirgach kuchayishi taxmin qilinmoqda.

VN Express yozishicha, UNESCO jahon merosi ro‘yxatidagi qadimiy Xoyan shahri ham suv ostida qolgan. Aholi shahar ko‘chalarida qayiqlarda harakatlanmoqda.

“Bangkok Post” ma’lumotlariga ko‘ra, faqat joriy yilning o‘zida Vyetnam 12 ta yirik bo‘ronni boshidan kechirgan, 240 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Iqtisodiyotga yetgan zarar 53,8 trillion dongdan oshgan.

Muttaxassislar mamlakatning uzun qirg‘oq chizig‘i va iqlim o‘zgarishi Vyetnamni siklonlar uchun yanada himoyasiz holga keltirayotganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?