Tehron suvsiz qolish arafasida: ikki haftalik suv qoldi

1 daqiqa o'qish253
Tehron suvsiz qolish arafasida: ikki haftalik suv qoldi

Eron poytaxti Tehronda ichimlik suvi bilan bog‘liq vaziyat juda yomonlashdi, deb xabar berdi Al Jazeera. Mamlakatdagi tarixiy qurg‘oqchilik tufayli shaharni suv bilan ta’minlovchi asosiy manbalar qurib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Kabir to‘g‘onida hozir atigi 14 million kub metr suv qolgan. Bu to‘g‘onning umumiy sig‘imining bor-yo‘g‘i 8 foizi bo‘lib, mutaxassislar bu zaxira faqat ikki haftaga yetishi mumkinligini aytmoqda.

So‘nggi oylarda Tehronda deyarli yomg‘ir yoqmagan. Bir yil avval ushbu to‘g‘onda 86 million kub metr suv saqlangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich deyarli yo‘qolgan.

10 milliondan ortiq aholiga ega poytaxt har kuni taxminan 3 million kub metr suv iste’mol qiladi. Shaharning ayrim tumanlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan, aholi orasida esa norozilik kuchaymoqda.

Mutaxassislar tanqislikning asosiy sabablarini qurg‘oqchilik, yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish va iqlim o‘zgarishi bilan izohlamoqda. Ushbu holat faqat Eronda emas — qo‘shni Iroqda ham suv sathi keskin pasayib, gumanitar inqiroz xavfi kuchaymoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?