Dunyoda o‘ta qashshoqlikda yashayotganlar soni qanchaga yetdi?

BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari hisobotiga ko‘ra, 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli qashshoqlik sharoitida yashamoqda. Bu o‘tgan yilgi hisobot bilan taqqoslaganda 51,5 million nafarga ko‘p.
2026 yil 12 oktyabrda e’lon qilingan hisobotda ta’kidlanishicha, qashshoqlikda yashayotganlarning 617 million nafari — yarmidan ko‘prog‘i bolalardir. Ular oziq-ovqat, ta’lim, toza suv va elektr energiyasi kabi asosiy ehtiyojlardan mahrum.
Tadqiqotchilar o‘sishning bir qismi aholi soni ko‘payishi bilan bog‘liqligini qayd etgan. Shu bilan birga, so‘nggi 15 yildan kam vaqt ichida 33 ta davlatda ko‘p o‘lchovli qashshoqlik indeksi ikki baravar kamaygan.
Qashshoqlikda yashayotganlarning eng katta qismi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikada istiqomat qiladi — 616 million kishi. Misr, Nepal va Tojikistonda esa qashshoqlik darajasi ham, undan aziyat chekayotganlar soni ham sezilarli pasaygan.






























Izohlar 0
…