AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp undan avvalgi prezident Barak Obamaning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini "hech bo‘lmasa, muayyan vaqtga saqlab qolishi"ni, biroq Moskva bilan muvaffaqiyatli hamkorlik vaziyatida ularning bekor qilinishi mumkinligini aytdi. U bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Kun.uz".
Tramp Obama tomonidan kiberhujumlar sababli Rossiyaga kiritilgan dekabrdagi sanksiyalar agar Moskva terrorchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bersa, bekor qilinishi mumkinligini aytdi. "Agar biz chiqisha olsak va Rossiya haqiqatda bizga yordam bersa, biror kim haqiqatda yaxshi ishlar qilayotgan bo‘lsa, unga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishning nima keragi bor?", deb aytgan Tramp.
Tramp inaugurasiyasidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. "Ular men bilan uchrashishni istayotganlarini tushunaman va bu meni qoniqtiradi", deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Avvalroq 13 yanvarda Obama Ukrainadagi vaziyat sababli amal qilish muddati mart oyida tugashi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan edi.
29 dekabrda AQSh Rossiyaning bir qator fuqarolari va tashkilotlariga qarshi sanksiyalar kiritib, AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqartirib yuborgandi. Shu kunning o‘zida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruvlar byurosi Rossiyaning AQShdagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqidagi qo‘shma hujjatni chop etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”