
Mamlakatning shimoli-sharqidagi Trabzon viloyati, O‘rtahisar tumanida o‘tkazilgan to‘y marosimi zaharlanish bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Haber Global.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 100 ga yaqin mehmon to‘y dasturxonida tortilgan palovdan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Ularning barchasida ovqatdan zaharlanish alomatlari — ko‘ngil aynish, qusish va harorat ko‘tarilishi kuzatilgan.
Zaharlanganlar darhol yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokorlarning aytishicha, bemorlarning ahvoli hozircha barqaror, ammo ayrimlari kuzatuv ostida qolmoqda.
Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Hozirda zaharlanishga aynan qaysi mahsulot sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.
Shuningdek, to‘y oshpazlari va xizmat ko‘rsatgan xodimlardan namunalar olingan, ovqat tahlil uchun laboratoriyaga yuborilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.