date

Sibir suvi Orolga yo‘naltiriladimi? Rossiyada tarixiy loyiha muhokamada

Sibir suvi Orolga yo‘naltiriladimi? Rossiyada tarixiy loyiha muhokamada

Rossiya ilmiy doiralari Orol dengizini tiklash masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Bu gal tashabbus Sibir daryosidan O‘zbekiston va Qozog‘istonga suv yo‘naltirish loyihasi shaklida qayta muhokama qilinmoqda.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori Viktor Danilov-Danilyan ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha oktabr oyida bo‘lib o‘tgan “Quruqlik suv resurslari” ilmiy kengashi yig‘ilishida atroflicha o‘rganilgan.

Mutaxassislar fikricha, Sibir daryolarining bir qismi Orolbo‘yi mintaqasiga — ya’ni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi qurigan dengiz havzasiga yo‘naltirilishi mumkin. Bunday tashabbus Markaziy Osiyoda suv taqchilligini yumshatish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, Pechora va Severnaya Dvina daryolari suvining bir qismini Volga havzasi orqali Priazovye tomon yo‘naltirish g‘oyasi ham ilgari surilgan.

Danilov-Danilyanning ta’kidlashicha, loyiha Rossiyaning strategik suv siyosatini shakllantirish hamda suv resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlarini tahlil qilishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sibir suvi Orolga yo‘naltiriladimi? Rossiyada tarixiy loyiha muhokamada