date

Belgiyada bosh prokurorga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Belgiyada bosh prokurorga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Belgiya poytaxti Bryusselda bosh prokurorni o‘ldirishga uringan sakkiz kishi hibsga olindi. Mamlakat federal prokuraturasi tarqatgan rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu shaxslar Albaniya mafiyasi bilan aloqador va ilgari sudlangan bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning iyul oyida Bryussel bosh prokuroriga qarshi uyushtirilgan suiqasd rejasi haqida federal organlarga xabar kelib tushgan. Tergov natijasida asosiy gumonlilar aniqlangan va ular nazoratga olingan.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Bryussel oxirgi vaqtlarda ayniqsa giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar faoliyati kuchaygan davrni boshidan kechirmoqda. Ayniqsa Albaniya mafiyasiga aloqador jinoyatchilar tomonidan uyushtirilgan zo‘ravonliklar ortmoqda.

Belgiya rasmiylariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda Yevropaning 100 dan ortiq xavfli jinoiy guruhlari faoliyat yuritmoqda. Shu yil fevral oyida Bryusselda sodir bo‘lgan ommaviy otishmalar ortidan metro bekatlarining bir nechtasi vaqtincha yopilgan edi. Bu voqealar xavfsizlik xizmatlarining jinoiy tuzilmalar ustidan nazoratni kuchaytirishiga sabab bo‘lmoqda.

Hozirda qo‘lga olingan sakkiz gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Prokuratura ularga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etishga urinish bo‘yicha ayblov e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Belgiyada bosh prokurorga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi