AQSh Afg‘oniston pasportiga ega shaxslarga viza berishni vaqtincha to‘xtatdi

1 daqiqa o'qish74
AQSh Afg‘oniston pasportiga ega shaxslarga viza berishni vaqtincha to‘xtatdi

AQSh Davlat departamenti Afg‘oniston pasportiga ega shaxslarga viza berishni vaqtincha to‘xtatdi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, bu qaror milliy va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Mazkur chora-tadbir Vashingtondagi Oq uy yaqinida yuz bergan hujum ortidan kuchga kiritildi. Hujum davomida ikki nafar Milliy gvardiya askari jarohatlangan, ulardan biri kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Hujumni amalga oshirgan shaxs voqea joyida hibsga olingan.

Vaziyatdan kelib chiqib, AQSh Mudofaa vaziri Milliy gvardiya sonini oshirish rejasini ma’lum qildi. Prezident Donald Trampning farmoyishiga asosan, Vashington shahriga qo‘shimcha ravishda 500 nafar askar yuborilishi belgilangan. Mazkur choralar orqali xavfsizlikni kuchaytirish va jamoatchilikni himoya qilish ko‘zda tutilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?