
AQSh hukumati 19 ta davlat fuqarolarining immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Bu cheklovlar asosan Eron, Sudan, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Turkmaniston, Kuba va Venesuela fuqarolariga taalluqlidir.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2023-yil iyun oyida ushbu mamlakat fuqarolariga Qo‘shma Shtatlarga kirishni cheklashni joriy qilgan edi. Yangi qaror, asosan, Green Card va fuqarolik dasturlari orqali immigratsiya qilish uchun berilgan arizalarni qamrab oladi. 2-dekabr kuni, ba’zi immigrantlar ularning Green card suhbatlari bekor qilinganini bildirdi.
Cheklovlarning kuchaytirilishi Vashingtonda Oq uy yaqinida sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng amalga oshirildi. Hodisa natijasida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, yana bir nafari esa og‘ir yaralandi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.