date

Shom namozi oldidan portlash: Nigeriya masjidida qonli fojea

Shom namozi oldidan portlash: Nigeriya masjidida qonli fojea

Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan Mayduguri shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlash kamida 7 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 24 dekabr kuni soat 18:00 atrofida Gamboru bozori hududida joylashgan, odamlar bilan to‘la masjidda, shom namozi oldidan ro‘y bergan. Guvohlar portlash to‘satdan yuz berganini, natijada masjid ichida katta sarosima paydo bo‘lganini aytishmoqda.

Politsiya matbuot kotibi Nahum Daso voqeani tasdiqlab, hozirda hududda bomba mutaxassislari ish olib borayotganini ma’lum qildi. Ayrim guvohlar hujum xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Rasmiylarga ko‘ra, yaradorlar soni hali aniq emas, ammo bir necha o‘n nafar bo‘lishi mumkin.

Mahalliy politsiya rahbari Babakura Kolo hodisa terrorchilik harakati sifatida ko‘rilayotganini aytdi. Biroq hozircha hech qaysi qurolli guruh bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Mayduguri — Borno shtati markazi bo‘lib, u yillar davomida Boko Haram va Islamic State West Africa Province kabi terrorchi tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq hudud sifatida tanilgan. Shu bilan birga, shahar so‘nggi yillarda nisbatan tinch davrni boshdan kechirayotgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shom namozi oldidan portlash: Nigeriya masjidida qonli fojea