Fransiyada gaz ballonlari omborida portlash yuz berdi


Fransiya janubi-sharqidagi gaz ballonlari omborida boshlangan yong‘indan keyin u yerda bir necha portlashlar yuz berdi, deb yozmoqda Kun nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Jonkyere shahrida yuz bergan. Portlashlar voqea joyidan olislarda ham eshitilgan.
Voqea joyiga favqulodda xizmatlar va polisiya yetib kelgan. Ayni vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…