11:23 / 18.02.2017
8 215

Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi

Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi

AQSh bilan chegarada joylashgan Syudad-Xuares shahrida juma kuni minglab meksikaliklar “jonli devor”ni tashkil etishdi. Bu prezident Donald Trampning chegarada devor qurish borasidagi rejalariga qarshi norozilik sifatida amalga oshdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Aksiyada taniqli siyosatchilar, xususan Demokratik inqilob partiyasi asoschisi va mamlakat prezidentligiga uch karra nomzod Kuautemok Kardenas ham ishtirok etdi. Excelsior’ning ta’kidlashicha, norozilik namoyishiga chegara oldidagi Chiuaua shtati gubernatori Xaver Korral, Syudad-Xuares hokimi Armando Kabada va Amerikaning El-Paso shahri hokimi Oskar Lizerlar ham kelgan.

Namoyishchilar qo‘lida atirgul bo‘lgan, ular gullarni qo‘shni mamlakat aholisiga qarab silkitishgan. “Biz devorga do‘stlik devori bilan qarshi chiqamiz, turli ovozlar bitta joyga yig‘ilsa, yagona tovush paydo bo‘ladi, turli qo‘llar bir-biri bilan bog‘lansa, bu biz birgalikda ekanimizdan darak beradi”, - deya ma’lum qildi Chiuaua gubernatori Korral.

AQSh va Meksika munosabatlari Tramp hokimiyat tepasiga kelgach jiddiy ravishda keskinlashdi. U prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng Meksika bilan chegarada devor qurish haqida ko‘rsatma berdi. Tramp Mexiko bu qurilishning barcha sarf-xarajatlarini qoplashi kerak, deb hisoblamoqda, ammo Meksika prezidenti buni keskin rad etdi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi