date

Suriya muvaqqat prezidentiga suiqasd haqidagi xabarlar rad etildi

Suriya muvaqqat prezidentiga suiqasd haqidagi xabarlar rad etildi

Suriya Ichki ishlar vazirligi muvaqqat prezident Ahmad al-Sharaga nisbatan suiqasd uyushtirilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni rasman inkor qildi.

Vazirlik matbuot kotibi Nuriddin al-Baba ushbu ma’lumotlar asossiz ekanini ta’kidlab, so‘nggi kunlarda mamlakat prezidenti yoki boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan bog‘liq hech qanday favqulodda holat yuz bermaganini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining rasmiy Facebook sahifasida bayonot qoldirgan.

«Tarqatilayotgan ma’lumotlar mutlaqo yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin kunlarda prezident yoki boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan hech qanday hujum yoki noxush voqea sodir bo‘lmadi», — deya yozdi al-Baba.

Shuningdek, u fuqarolar va ommaviy axborot vositalarini mas’uliyat bilan ish tutishga, tekshirilmagan manbalarga ishonmasdan, faqat davlat idoralari tomonidan taqdim etilayotgan rasmiy ma’lumotlarga tayanishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Suriya muvaqqat prezidentiga suiqasd haqidagi xabarlar rad etildi