date

Xitoyda Labubu o‘yinchoqlari savdosi 100 milliondan oshdi

Xitoyda Labubu o‘yinchoqlari savdosi 100 milliondan oshdi

Xitoyda ommalashgan Pop Mart kompaniyasiga tegishli Labubu o‘yinchoqlari o‘tgan yil yakunida 100 million donadan ortiq sotildi, deya xabar berdi Lianhe Zaobao.

Ma’lum qilinishicha, 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishda kompaniya asoschisi Van Nin 2025 yil yakunlarini e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pop Mart'ning barcha toifadagi mahsulotlari va IP loyihalari bo‘yicha umumiy savdo hajmi ham 400 million donadan oshgan.

Shuningdek, 2025 yilda kompaniyaning jahon bo‘ylab xodimlari soni 10 ming nafardan oshib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 100 millionga yetgan.

Qayd etilishicha, Pop Mart hozirda 100 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat yuritib, dunyo bo‘ylab 700 dan ziyod do‘konga ega.

Eslatib o‘tamiz, Labubu — rassom Kasing Lung tomonidan yaratilgan, g‘alati, biroq jozibali qiyofasi bilan yoshlar orasida mashhur bo‘lgan o‘ziga xos qahramondir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Labubu o‘yinchoqlari savdosi 100 milliondan oshdi