Italiyada erkak 20 ta oltin quymani chiqindiga tashlab yubordi

1 daqiqa o'qish923
Italiyada erkak 20 ta oltin quymani chiqindiga tashlab yubordi

Italiyaning Torre Lapillo shahrida 57 yoshli erkak umr bo‘yi yig‘ib kelgan boyligini bir lahzada yo‘qotib qo‘yayozdi. Gap shundaki, u 20 ta oltin quymani bilmasdan chiqindi bilan birga tashlab yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qiymati 120 ming yevro atrofida baholangan quymalar tunuka qutida saqlangan. Erkak xonadondagi chiqindilarni tashlar ekan, aynan shu qutini ham bakka uloqtirib yuborgan. Eng og‘iri — buni ertasi kunigina anglab yetgan.

Shundan so‘ng u darhol politsiyaga murojaat qilgan. Dastlab xodimlar bu gapga unchalik ishonmagan, ammo kuzatuv kameralari yozuvlari tekshirilgach, voqea rost ekani tasdiqlangan.

Tekshiruv davomida chiqindilar allaqachon qo‘shni Ugento shahridagi chiqindixonaga olib ketilgani aniqlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar u yerda qidiruv tashkil qilib, nihoyat oltin quymalar solingan qutini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Qizig‘i, bunga o‘xshash holat yaqinda Tailandda ham kuzatilgan: 2025 yil noyabrda bir ayol taxminan 62 ming dollarlik uchta oltin quymani chiqindiga tashlab yuborgani aytilgan. Uning o‘g‘li quymalarni qaytarganlarga mukofot va’da qilgan, ayol esa demensiyadan aziyat chekayotgani qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?