date

Qirg‘izistonda endi TikTok taqiqi bekor bo‘ladimi?

Qirg‘izistonda endi TikTok taqiqi bekor bo‘ladimi?

Qirg‘izistonda Qirg‘iziston hududida TikTok’ni blokirovka qilish qarorini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi. Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi o‘rinbosari Marat Tagayev vazirlik yig‘ilishida bu masalaga qaytish kerakligini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, axborot muhitini monitoring qilish va o‘rganish bo‘yicha markaz tugatilgan, hozir esa platformalar va ijtimoiy tarmoqlar bilan tizimli ishlaydigan alohida organ amalda yo‘q. Shu sabab vazirlik blokirovkani bekor qilish taklifini ko‘rib chiqishni so‘rayapti.

Takagayev yana bir muhim nuqtani ochiq aytgan: TikTok rasman cheklangan bo‘lsa-da, fuqarolar, ayniqsa yoshlar VPN orqali undan foydalanishda davom etyapti. Ya’ni “taqiq bor” — “ishlamaydi” degani emas, faqat oddiy odamga qiyinroq bo‘lyapti, xolos.

Eslatib o‘tamiz, TikTok’ga kirish Bishkek tomonidan 2024-yil aprelida, xususan 18-apreldan cheklangani haqida turli manbalar yozgan; qaror telekom-operatorlarga yuborilgan ko‘rsatmalar orqali amalga oshirilgani aytilgan. Hozircha gap — taklif haqida: bekor qilish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingani to‘g‘risida rasmiy xabar yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda endi TikTok taqiqi bekor bo‘ladimi?