TikTok yulduzining kuydirilgan jasadi uzumzordan topildi: ikki gumondor ushlandi

Fransiyaning janubida 29 yoshli TikTok blogeri Sonia Bellinaning qisman kuydirilgan jasadi uzumzordan topildi. Uning o‘limi yuzasidan qotillik bo‘yicha tergov boshlangan, ikki erkak esa gumon qilinib qo‘lga olingan.
Bellina 10 avgust kuni bedarak yo‘qolgan. 12 avgust kuni Fransiyaning Gard departamentidagi Sen-Jil shahri yaqinidagi uzumzorda qishloq xo‘jaligi ishchisi ayol jasadini topgan.
Jasadning shaxsi dastlab aniqlanmagan. Keyinchalik o‘tkazilgan DNK ekspertizasi marhumaning Sonia Bellina ekanini tasdiqlagan. 29 yoshli Sonia TikTok'da qariyb 260 ming obunachiga ega bo‘lgan. U asosan raqs, karaoke, moda va kundalik hayotga oid videolarni joylashtirgan.
Uning o‘limi yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda va voqeaning barcha tafsilotlari hali ochiqlanmagan. Nim prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ikki erkak voqeaga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lishi mumkinligi sababli qo‘lga olingan. Ulardan biri keyinchalik ozod qilingan, ikkinchi gumondorning hibs muddati esa uzaytirilgan.































Izohlar 0
…