date

O‘zbekiston va Rossiya olimlari qanday yangi qo‘ng‘iz turlarini aniqladi?

O‘zbekiston va Rossiya olimlari qanday yangi qo‘ng‘iz turlarini aniqladi?

O‘zbekiston va Rossiya olimlari hamkorlikda 7 ta yangi qo‘ng‘iz turini aniqladi. Izlanishlarda Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari ishtirok etgan.

Ma’lum qilinishicha, yangi aniqlangan turlar Dailognatha urug‘iga mansub bo‘lib, ular bo‘yicha maxsus o‘rganish ishlari olib borilgan. Bu qo‘ng‘izlar asosan toshloq va adir hududlarda uchrashi qayd etilmoqda.

Olimlar ta’kidlashicha, mazkur hasharotlar tabiat uchun foydali hisoblanadi. Ular organik qoldiqlarni parchalashda ishtirok etib, tuproq unumdorligini saqlashga hissa qo‘shadi.

Kashfiyot natijasida dunyo bo‘yicha Dailognatha urug‘iga mansub qo‘ng‘iz turlari soni 21 tadan 28 tagacha oshgani bildirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Rossiya olimlari qanday yangi qo‘ng‘iz turlarini aniqladi?