date

Isroil armiyasi taxminan 100 000 ta rezervdagilarni yollashga tayyorgarlik ko‘ryapti

Isroil armiyasi taxminan 100 000 ta rezervdagilarni yollashga tayyorgarlik ko‘ryapti

Isroil armiyasi taxminan 100 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda armiya matbuot xizmati axborot bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arslon na’rasi” deb nomlangan operatsiya doirasida qo‘shinlarning jangovar shayligi barcha yo‘nalishlarda kuchaytirilmoqda. Harbiy qismlarda shaxsiy tarkibni chaqirish, texnika va qurol-aslahani tayyor holatga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, zaxiradagi harbiylarni jalb etish ehtimoliy xavf-xatarlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, havo hujumiga qarshi mudofaa, quruqlikdagi qo‘shinlar va logistika tizimida ham qo‘shimcha tayyorgarlik choralari ko‘rilmoqda.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, mazkur chora-tadbirlar xavfsizlikni ta’minlash va mavjud tahdidlarga qarshi turish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda vaziyat doimiy nazorat ostida ekani ta’kidlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi taxminan 100 000 ta rezervdagilarni yollashga tayyorgarlik ko‘ryapti