Ali Larijoniy AQSH bilan muzokara bo‘lmasligini aytdi

Eron mojaro keskinlashganidan keyin AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash niyatida emas. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy ma’lum qildi.
U AQSH prezidenti Donald Trampning Eron yetakchilari muzokaralarni boshlashga uringani haqidagi bayonotini rad etdi. Larijoniyning ta’kidlashicha, Tehron Oq uy bilan yangi muloqot yo‘llarini ochish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmayapti.
Larijoniy X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida pozitsiyasini qat’iy bayon qildi: "Biz Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar olib bormaymiz", deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha Donald Tramp The Atlantic nashriga bergan sharhida Eron tomoni muloqotni qayta tiklashni istagani va u muzokaralarga rozi bo‘lganini aytgan edi.
"Ular gaplashishni xohlashadi va men gaplashishga rozi bo‘ldim, shuning uchun men ular bilan gaplashaman. Ular buni oldinroq qilishlari kerak edi. Ular ilgari juda amaliy va bajarish oson bo‘lgan narsani berishlari kerak edi. Ular juda uzoq kutushdi", degan AQSH prezidenti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!