Ko‘rfazdagi olti davlat Eronga javob berish huquqini e’lon qildi

Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, BAA va Saudiya Arabistoni Eronning Fors ko‘rfazidagi hujumlariga qarshi javob qaytarish huquqini saqlab qolishini ma’lum qildi. Qatar TIV rahbari Majid al-Ansoriy Eronning "haqoratli hujumi" uchun tovon to‘lanishi kerakligini aytgan.
Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, 28 fevral-2-mart kunlari BAAga kamida 165 raketa va 541 dron, Quvaytga 97 raketa va 283 dron, Qatarga 72 raketa va 17 dron, Bahraynga 45 raketa va 9 dron uchirilgani aytilmoqda. Ummon va Saudiya Arabistoniga esa kamida 2 dron tashlangani keltiriladi.
Al Jazeera ma’lumotiga ko‘ra, 3-mart holatiga Fors ko‘rfazi mamlakatlarida 8 kishi halok bo‘lgan, 128 kishi jarohat olgan. Shu bilan birga, ko‘rfaz davlatlari so‘nggi yillarda Eron bilan ochiq harbiy to‘qnashuvdan qochib, diplomatik aloqalarni saqlashga intilib kelgan.
Ekspertlar esa ehtimoliy javob ssenariylari bo‘yicha turlicha fikr bildirmoqda: sharqshunos Ruslan Sulaymonov javob bo‘lishi mumkin, ammo AQSH va Isroil bilan birga emas, deydi. Isroillik harbiy tahlilchi Devid Sharp esa mintaqada zaiflikni ko‘rsatish xavfli ekanini ta’kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!