date

Voris tayinlash masalasi Eronda hanuz ochiq qolmoqda

Voris tayinlash masalasi Eronda hanuz ochiq qolmoqda

Eron xavfsizlik bilan bog‘liq tahdidlar sabab o‘ldirilgan Oliy rahbar oyatulloh Ali Xomanaiyning vorisini tayinlash jarayonini ortga surdi. Bu haqda The New York Times Eron rasmiylaridan biriga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, oyatulloh Xomanaiyning o‘g‘li Mojtaba Xomanaiyning ehtimoliy voris sifatida tilga olinishi ortidan uning xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar yanada kuchaygan. Shu bois Tehron bu masalada shoshilinch qaror qabul qilishdan tiyilayotgani aytilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Eron tomonidan Xomanaiy o‘rniga tayinlanadigan har qanday yangi rahbar “nishonga aylanishi” mumkinligini bildirgan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Mojtaba Xomanaiy nomzodini maqbul emas deb atab, Eronda uyg‘unlik va tinchlik olib keladigan shaxsni ko‘rishni istashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududiga qarshi harbiy operatsiyani boshlagani, shundan so‘ng mintaqada keskinlik yanada kuchaygani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu voqealar fonida Yaqin Sharqdagi bir qator davlatlar havo hududlarini vaqtincha yopgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Voris tayinlash masalasi Eronda hanuz ochiq qolmoqda