date

Iroqdagi Amerika bazasida tungi yong‘in chiqdi

Iroqdagi Amerika bazasida tungi yong‘in chiqdi

Iroq poytaxti Bag‘dodda joylashgan Amerikaning “Viktoriya” harbiy bazasi hududida 7-martga o‘tar kechasi kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Press TV telekanali xabar tarqatdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy obyektga uchuvchisiz uchish apparati orqali zarba berilgan bo‘lishi mumkin. Hodisa ortidan baza hududida alanga ko‘tarilgani aytilmoqda.

Hozircha hujum oqibatlari, jabrlanganlar yoki yetkazilgan zarar miqdori yuzasidan rasmiy tafsilotlar ochiqlanmagan. Vaziyat atrofidagi ma’lumotlar oydinlashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Iroqdagi Amerika bazasida tungi yong‘in chiqdi