Tramp pochta orqali ovoz berishni taqiqlamoqchi

1 daqiqa o'qish220
Tramp pochta orqali ovoz berishni taqiqlamoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp saylov qonunchiligini tubdan o'zgartirish bo'yicha qat'iy talab bilan chiqdi. U Senat "Amerika saylovchilarining saylovda qatnashish huquqini himoya qilish to'g'risida"gi qonunni qabul qilmaguniga qadar hech qanday qonun loyihasini imzolamasligini ma'lum qildi. Bu haqda davlat rahbari o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida yozib qoldirdi. Bu haqda dw.com xabar beradi.

Trampning ta'kidlashicha, yangi qonun loyihasi saylov jarayonida "oltin standart"ni o'rnatishi kerak. Unga ko'ra, har bir saylovchi o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjat va fuqaroligini ko'rsatuvchi ma'lumotnomani taqdim etishi shart. Shuningdek, prezident pochta orqali ovoz berish tizimini bekor qilishni talab qilmoqda. Istisno tariqasida faqat harbiy xizmatchilar, bemorlar va nogironligi bo'lgan shaxslarga pochta orqali ovoz berishga ruxsat berilishi mumkin.

Ushbu tashabbus respublikachilar tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Hozirda AQSH Kongressining har ikkala palatasi respublikachilar nazoratida bo'lsa-da, demokratlar mazkur qonun loyihasiga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bunday cheklovlar oddiy fuqarolarning saylovda ishtirok etishiga to'sqinlik qiladi va ovoz berish jarayonini murakkablashtiradi.

Tramp Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyunga murojaat qilib, qonunni qabul qilish uchun maxsus taktikadan foydalanishni so'radi. Uning maqsadi 2026 yil kuzida bo'lib o'tadigan oraliq saylovlar oldidan saylov qoidalarini o'zgartirish va o'z pozitsiyasini mustahkamlashdan iborat. Siyosiy tahlilchilarning qayd etishicha, AQSHda hukmron partiya ko'pincha oraliq saylovlarda qiyinchiliklarga duch keladi, shu sababli Tramp hozirdanoq xavfsizlik choralarini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?