date

Eron urush taqdirini o‘zi belgilashini ma’lum qildi

Eron urush taqdirini o‘zi belgilashini ma’lum qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh prezidenti Donald Trampning Erondagi urush qachon yakunlanishi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Eron tomoni bu masalada qarorni tashqi kuchlar emas, aynan Islom Respublikasi armiyasi belgilashini ta’kidladi.

IIQK bayonotida urushning tugash vaqti va shartlari Tehron ixtiyorida ekani urg‘ulangan. Shu tariqa, korpus Trampning mojaro nihoyasiga yetayotgani haqidagi avvalgi chiqishiga o‘ziga xos javob qaytardi.

Shu bilan birga, Eron harbiylari AQSh va Isroil hujumlarni davom ettiradigan bo‘lsa, mintaqadan neft eksportiga yo‘l qo‘yilmasligini ham ma’lum qilgan. Bu bayonot energetika bozorida yangi xavotirlarni kuchaytirdi.

Ayniqsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashilishi uzoq muddatga to‘xtab qolishi mumkinligi haqidagi taxminlar jahon bozoriga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada neft narxi 2022 yildan beri ilk bor bir barrel uchun 100 dollardan oshdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron urush taqdirini o‘zi belgilashini ma’lum qildi