Larijoniy: Urushni tvitlar bilan yutib bo‘lmaydi

Eron Xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy urush masalasiga oid keskin bayonot bilan chiqdi.
Uning ta’kidlashicha, urushni boshlash oson, ammo uni ijtimoiy tarmoqlardagi bir nechta xabar yoki postlar orqali yutib bo‘lmaydi. Larijoniyning fikricha, haqiqiy natija maydondagi voqealar va qat’iy qarorlar orqali hal bo‘ladi.
Eron rasmiysi, shuningdek, mamlakat o‘z pozitsiyasidan chekinmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni raqiblarni bu jiddiy xatosi uchun afsuslanishga majbur qilmaguncha harakatlarini to‘xtatmaydi.
Larijoniy mazkur bayonoti orqali Eron o‘z manfaatlari va xavfsizligini himoya qilishda qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing