Rossiya Eronga gumanitar yordam yuborishni boshladi

Rossiya Eronga gumanitar yordam yuborish ishlarini boshladi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Eron rahbariyati ko‘plab shifoxonalar va tez yordam stansiyalari vayron bo‘lgani, shuningdek yaralanganlar soni, jumladan ayollar va bolalar orasida ham ko‘paygani sababli do‘st davlatlardan yordam so‘rab murojaat qilgan. Shu doirada Tehron Rossiyadan dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berishni so‘radi.
Zaxarovaga ko‘ra, Rossiya prezidenti ko‘rsatmasi bilan bu yordamni jo‘natish ishlari tashkil etilmoqda.
Moskva Yaqin Sharqdagi mojaroning nazoratsiz kengayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirgan. Rossiya tomoni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari butun mintaqada vaziyatni murakkablashtirganini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, jangarilarning harakatlari Fors ko‘rfazi atrofidagi bir qator arab davlatlari aholisiga ham og‘ir gumanitar oqibatlar keltirgan.
Rossiya TIV bayonotida ekologik va radiologik falokat xavfini oldini olish uchun harbiy harakatlarni to‘xtatish va muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligi alohida ta’kidlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!