Qirg‘iziston sobiq xavfsizlik raisining tashqi ko‘rinishidagi keskin o‘zgarish

Internetda Qamchibek Tashiyevning soqoli o'sgani, sochlari oqarib ketgani va ancha vazn yo'qotgani aks etgan yangi suratlari tarqaldi. Suratlarni uning o'g'li Taymuras Tashiyev ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan. Qamchibek Tashiyev 11 fevral kuni prezident Sadir Japarovning farmoni bilan Qirg'iziston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi va bosh vazir o'rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Internetda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevning yangi suratlari tarqaldi. Ularning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan egasi — o‘g‘li Taymuras Tashiyev.
Suratlardan ko‘rinishicha, Tashiyevning soqoli sezilarli darajada o‘sib, sochlari oqarib ketgan. Foydalanuvchilar uning ancha vazn yo‘qotgani haqida ham fikr bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni Qamchibek Tashiyev prezident Sadir Japarovning farmoni bilan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan edi. Prezident bu qarorini “jamiyatda bo‘linishga yo‘l qo‘ymaslik” niyati bilan izohladi. Tashiyevning o‘zi esa Germaniyada yurak operasiyasidan so‘ng rejali tekshiruvda bo‘lgan paytda bu qaror haqida xabar topganini bildirgan.
Ushbu suratlar sobiq rahbarning sog‘lig‘i va tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib, jamoatchilik orasida qiziqish uyg‘otdi.































Izohlar 0
…