Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokada qilinganini e’lon qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘ylab to‘liq blokada boshlanganini ma’lum qildi. Uning bu bayonoti AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar natija bermaganidan keyin e’lon qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlari bo‘g‘oz orqali harakatlanmoqchi bo‘lgan har qanday kemalarni to‘xtatish va nazorat qilish ishlarini boshlagan. Shuningdek, u xalqaro suvlarda Eronga “noqonuniy to‘lovlar” amalga oshirgan kemalarni tekshirish va ushlash bo‘yicha ham ko‘rsatma berganini aytgan.
Prezident, shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofida qo‘yilgan minalarni zararsizlantirish ishlari boshlanganini ham ta’kidlagan. Uning fikricha, Eron vaziyatni qanday hal qilishni yaxshi biladi, ammo bu jarayonda boshqa davlatlar ham ishtirok etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!