Rossiya va Vengriya munosabatlari yana muhokama markazida boʻldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Vengriya parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Magyarni tabriklamasligini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga tabrik yo‘llamaydi va Vengriya ham shunday mamlakatlar qatoriga kiradi. Peskov bunga sabab sifatida Budapeshtning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayotganini keltirdi.
Shu bilan birga, Kreml vakili Rossiya Vengriyaning yangi siyosiy yo‘nalishi qanday bo‘lishini diqqat bilan kuzatishini bildirdi. U Moskva har doim o‘zaro manfaatli va pragmatik munosabatlarga ochiq ekanini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Vengriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari Yevropa Ittifoqi va Kiyev bilan bog‘liq siyosiy keskinliklar fonida o‘tkazildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!