date

Qozog‘istonda SpaceX ishtirokidagi yirik loyiha yangi bosqichga o‘tdi

Qozog‘istonda SpaceX ishtirokidagi yirik loyiha yangi bosqichga o‘tdi

Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari, sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev deputatlik so‘roviga javoban mamlakatda Direct-to-Cell sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etishga tayyorgarlik davom etayotganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu loyiha 2025 yil 6 noyabr kuni vazirlik, mobil aloqa operatorlari va SpaceX o‘rtasida C5+1 sammiti doirasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2025 yil oxirida texnologiyaning dastlabki tajriba sinovlari o‘tkazilgani ham qayd etildi.

Hozirda loyiha bosqichma-bosqich tijorat foydalanishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, uni to‘liq ishga tushirishdan avval milliy xavfsizlik organlari bilan barcha zarur kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu jarayon tizimning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda SpaceX ishtirokidagi yirik loyiha yangi bosqichga o‘tdi