Otabek Umarov Bobur Omonovga orzusidagi “Gelik”ni sovg‘a qilishga va’da berdi (video)

O‘zbekistonlik para sportchi Bobur Omonovning uzoq yillik orzusi amalga oshishi mumkin. Otabek Umarov sportchi bilan uchrashuvi chog‘ida unga orzu qilgan “Gelik” avtomobilini sovg‘a qilishga va’da berdi.
Ushbu uchrashuv aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, Bobur Omonov Mercedes-Benz G-Class rusumidagi avtomobilni anchadan buyon orzu qilgan.
Otabek Umarovning sportchiga bergan va’dasi internet foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Bobur Omonovning orzusi tez orada ro‘yobga chiqishiga tilak bildirmoqda.
Hozircha avtomobilni topshirish sanasi haqida ma’lumot berilmagan. Shunday bo‘lsa-da, uchrashuv va undagi samimiy suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy fikrlarni keltirib chiqardi.































Izohlar 0
…