Buyrak va o‘t qopidagi toshlardan xalos bo‘lish siri: Nega sholg‘om iste’mol qilish kerak?

Xalq tabobatida qadimdan qadrlanib kelayotgan oddiygina sholg‘om aslida inson organizmi uchun bebaho shifobaxsh xususiyatlarga boy sabzavotlardan biridir.
Zamonaviy tibbiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, u o‘zining noyob kimyoviy tarkibi bilan ko‘plab surunkali xastaliklarning oldini olish va ichki a’zolarni tabiiy tozalashda tengsiz vosita hisoblanadi.
Sholg‘omning organizm uchun 4 ta eng muhim foydasi
Ushbu sabzavot tananing hayotiy muhim tizimlarini mustahkamlashda quyidagi afzalliklarga ega:
1. Eng boy oltingugurt manbai: Sholg‘om boshqa barcha turdagi sabzavotlarga nisbatan tarkibida eng ko‘p miqdorda tabiiy oltingugurt saqlovchi noyob ne’matdir;
2. Qonni chuqur tozalash xususiyati: Tarkibidagi faol oltingugurt birkmalari qon aylanish tizimidagi toksin va shlaklarni faol ravishda chiqarib, qon tomirlari tozaligini ta’minlaydi;
3. Toshlarni tabiiy parchalash: Buyrak va o‘t qopida toshi bo‘lgan insonlar uchun sholg‘om juda foydali bo‘lib, qattiq tuzlar va mayda toshlarni tabiiy yo‘l bilan parchalash hamda eritish xususiyatiga ega;
4. Immunitetni quvvatlash va ovqat hazm qilish: Tarkibidagi ozuqa tolalari va mikroelementlar ichak faoliyatini yaxshilab, mavsumiy shamollash paytida tananing qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi.
Muhim ogohlantirish: Kimlarga ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi?
Sholg‘om kuchli shifobaxsh ta’sirga ega bo‘lgani bois, uni iste’mol qilishda ayrim cheklovlarga amal qilish zarur:
Qandli diabet xastaligi borlar: Sholg‘om tarkibida glyukorafanin moddasi mavjud bo‘lgani tufayli, qandli diabet (sahr) tashxisi qo‘yilgan insonlarga uni kundalik ratsionga me’yoridan ortiq kiritmaslik va ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Shu sababli buyrak yoki o‘t pufagida muammosi bor insonlar uchun sholg‘omni ovqatlarga qo‘shib yoki qaynatib yeyish tabiiy davo manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.































Izohlar 0
…