Fransiyada xantavirus xavfi sabab sakkiz kishi karantinga olindi

Fransiyada xantavirus infeksiyasi xavotirlari ortidan jami sakkiz nafar kishi karantinga olindi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, karantinga olinganlardan bir nafari samolyotda virus aniqlangan bemor bilan birga bo‘lgan va uning testi manfiy chiqqan. Qolgan yetti nafar shaxs esa MV Hondius kruiz kemasidan tushgan yo‘lovchi bilan muloqotda bo‘lib, hozirda ularning barchasi tibbiy kuzatuv ostida saqlanmoqda.
Fransiyada xantavirus infeksiyasi bilan bog‘liq xavotirlar ortidan sakkiz nafar kishi karantinga olindi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, karantinga olinganlardan biri samolyotda virus aniqlangan bemor bilan birga bo‘lgan. Erkakda yengil simptomlar kuzatilgan bo‘lsa-da, uning test natijasi manfiy chiqqan.
Yana yetti nafar shaxs esa MV Hondius kruiz kemasidan tushgan yo‘lovchi bilan muloqotda bo‘lgan. Hozirda ularning barchasi tibbiy kuzatuv ostida saqlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, kema bortida qolgan besh nafar Fransiya fuqarosi Kanar orollariga yetib kelgach, 24–48 soat ichida Fransiyaga qaytariladi. Ular mamlakatga yetib kelganidan so‘ng test va qayta testdan o‘tkaziladi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi hozircha ushbu fuqarolarda xavotirli alomatlar kuzatilmaganini bildirgan. Agar kasallik belgilari paydo bo‘lsa, ular maxsus tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.































Izohlar 0
…