Kim Chen Inga suiqasd qilinsa, armiya yadroviy javob qaytaradi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilgan yoki boshqaruv tizimi xavf ostida qolgan taqdirda, mamlakat armiyasi avtomatik yadroviy javob qaytarishini ma'lum qildi. Bu bo'yicha mamlakat Konstitutsiyasiga tegishli o'zgartishlar kiritilib, rahbariyatga tahdid yuzaga kelsa yadroviy zarba berish bo'yicha avtomatik harakat qilish shartligi belgilandi.
Shimoliy Koreya Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilgan yoki mamlakat boshqaruv tizimi xavf ostida qolgan taqdirda avtomatik yadroviy javob berilishini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan. Yangi qoidaga ko‘ra, rahbariyatga tahdid yuzaga kelsa, armiya yadroviy zarba berish bo‘yicha avtomatik tarzda harakat qilishi shart bo‘ladi.
Xabarlarda aytilishicha, mazkur qaror Eron rahbariyatiga qarshi AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar fonida qabul qilingan. Pxenyan Erondagi voqealardan so‘ng “rahbariyatni yo‘q qilish” taktikasiga qarshi himoyani kuchaytirishga harakat qilayotgani ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilar fikricha, Shimoliy Koreyaning ehtimoliy yadroviy javobi asosan AQSHga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya chegarasi yaqiniga yangi turdagi 155 millimetrli o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini joylashtirishni buyurgani ham ma’lum qilingan.































Izohlar 0
…