date

Andrey Yermak 460 million grivnani yuvishda ayblanib, tergovga tortildi

Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi asosiy idoralari — Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) mamlakat siyosiy maydonidagi eng nufuzli shaxslardan biriga nisbatan jiddiy ayblovlarni ilgari surdi. Prezident ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan ulkan mablag‘larni legallashtirishda gumon qilinmoqda.

9 million yevrolik qurilish mojarosi

Tergov versiyasiga ko‘ra, gap Kiyev viloyatidagi elitar qurilish loyihalaridan biri orqali taxminan 460 million grivna (qariyb 8,9 million yevro) miqdoridagi mablag‘ni "yuvish" haqida ketmoqda. Ma’lum qilinishicha, Yermak ushbu jinoiy sxemalarni amalga oshirishda maxsus tuzilgan uyushgan guruh tarkibida faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur yashirin tarmoq Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Midas” nomli keng ko‘lamli operatsiya davomida fosh etilgan.

"Faqat bitta mashina va kvartira..."

“Ukrainskaya pravda” nashrining xabariga ko‘ra, sobiq mutasaddi o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni keskin rad etgan. U o‘z mulki haqida gapirar ekan, hisobida ortiqcha mablag‘ yo‘qligini, bor-yo‘g‘i bitta avtomobil va bitta xonadonga egalik qilishini ta’kidlab, o‘zini oqlashga urinmoqda.

Iste’fo va korrupsiya zanjiri

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2025 yil 28 noyabr kuni Yermakni lavozimidan ozod etgan edi. Bundan oldinroq esa, siyosatchi “Energoatom” davlat kompaniyasi atrofidagi shov-shuvli korrupsiya mojarolari va o‘z uyida o‘tkazilgan tintuvlardan so‘ng iste’fo berish haqida ariza yozgandi.

Siyosiy ta’sir va kutilgan natija

Andrey Yermak 2020 yilning fevralidan buyon davlat rahbari ma’muriyatiga rahbarlik qilib kelgan. U nafaqat Zelenskiyning eng yaqin safdoshi, balki Ukrainadagi qarorlar qabul qilish tizimida prezidentdan keyingi eng qudratli shaxs hisoblanardi.

Prezident maslahatchisi Dmitriy Litvinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jinoiy gumonning e’lon qilinishi kutilmagan holat emas.

“Bu mavzudagi bahs-munozaralar va taxminlar ommaviy axborot vositalarida anchadan beri aylanib yurgan edi”, — deydi u nashrga bergan intervyusida.

Ayni paytda Ukraina antikorrupsiya organlari tergov harakatlarini davom ettirmoqda. Agar Yermakning aybi isbotlansa, bu mamlakat tarixidagi eng yirik korrupsiyaviy jarayonlardan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Andrey Yermak 460 million grivnani yuvishda ayblanib, tergovga tortildi