Osiyodagi kibermarkazlarda ayollarni ishga aldab chaqirib, qiynoqqa va zo‘ravonlikka solishgani aniqlandi

Janubi-Sharqiy Osiyodagi yashirin kiberfiribgarlik markazlarida minglab ayollar o‘z xohishiga qarshi ushlab turilgani va jinoiy ishlarga jalb qilingani aniqlandi. Kambodja, Myanma hamda Laosda o‘tkazilgan amaliyotlar vaqtida bir qancha jabrlanuvchilar ozod etilgan.
Ayollar bu joylarga asosan ishga joylashtirish haqidagi soxta e’lonlar orqali jalb qilingan. Ularga yaxshi maosh, qulay sharoit va rasmiy ish va’da qilingan, ammo keyinchalik internetda odamlarni aldash va pullarini o‘zlashtirishga majburlangan.
Topshiriqni bajarishdan bosh tortganlar kaltaklangan, qiynoqqa solingan yoki tahdid qilingan. Ayrim holatlarda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani va ular boshqa guruhlarga sotilgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ushbu tarmoqlarni boshqargan shaxslarni aniqlash va jabrlanuvchilarni o‘z mamlakatlariga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.































Izohlar 0
…